O'limdan so'ng: muqaddima

28.10.2017 O'limdan so'ng 1066 0 0.0

Muallif: Holid ibn Abdurrahmon ash-Shoe'
Mutarjim: Abu Ja'far al-Buxoriy

 

Bismillahir rohmanir rohiym

Muqaddima

Yeru-osmonlarning Yaratuvchisi, Oliy va Buyuk, oʻldiradigan va tiriltiradigan, maxluqlarini oʻlim va foniylik, yaxshilik qilgan taqvodorlarning oʻz huzurida guruh-guruh boʻlib toʻplanib, zafar qozonishlari, yuz oʻgirgan baxtiqarolarning esa jahannam tomon otilib, zararga uchrashi uchun qayta tirilishga mahkum etgan; moʻ'min bandalari uchun Firdavs bogʻlarini manzilgoh, yuz oʻgirganlar uchun esa jahannamni qarorgoh qilib qoʻygan Olloh ta'ologa hamdlar boʻlsin. Men, uni aytgan kimsa Qiyomat kunida baxtiyor boʻladigan (kalima): «Sheriksiz yagona Ollohdan oʻzga iloh yoʻq va Muhammad sollollohu alayhi va sallam Uning bandasi va elchisi, paygʻambarlarning sayyidi va oxirgisidir» deb, guvohlik beraman. Soʻng ... Olloh ta'olo isonlarni behuda yaratmadi va oʻz hollariga tashlab qoʻymadi. Ularni yeru-osmon va togʻlarga koʻndalang qilinsa mas'uliyatni koʻtarishdan bosh tortgan va Ollohga yalinib-yolborishgan: Robbimiz, agar amr etsang boshimiz ustiga, ammo (qabul qilishimizga) ixtiyor bersang, Sening marhamatingni istab, unga biron narsani badal qilishni xohlamaymiz, deb aytishgan ulkan ish-vazifa uchun yaratilganlar. Inson zaif, koʻtarishga ojiz boʻlishiga qaramay, oʻz joniga jabr qilib, bu yukni koʻtardi. Ba'zi odamlar ogʻirligi tufayli bu yukni yelkalaridan tushirdilar. Natijada, dunyoga tilsiz hayvonlardek oshno boʻldilar: Yaratuvchilari va Uning oʻz zimmalaridagi haqlari; barqaror Olamga koʻprik va yoʻl boʻlgan bu dunyoga nega yaratilib, chiqarilganlari; bu foniy dunyodagi lahzalik qolishlari hamda boqiy boʻlgan oxirat diyoriga zudlik bilan oʻtib ketishlari haqida tafakkur qilmadilar. Ularga xissiyotlar hukmron boʻlib, aqllarini yoʻqotdilar, gʻaflatga tushdilar. Aldamchi, kazzob umid va puch orzular ularni oʻz ogʻushiga oldi. Ularning qalblari, qilgan yomon amallari sababli qaro boʻldi. Natijada, ular dunyo lazzatlari va hayvoniy xirslarini qanday boʻlmasin qoʻlga kiritish qaygʻusida boʻldilar va imkoniyati boʻlgan har bir lahzani gʻanimat bildilar. Ular, agar dunyoning arzimas matosini koʻrib qolsalar, unga yakka-yakka yoki guruh-guruh boʻlib shoshildilar va dunyoning bir matosi ustiga Ollohning savobi va roziligini afzal koʻrmadilar: «Ular dunyoning zohirinigina biladilar. Holbuki, ular oxiratdan gʻaflatdadirlar!» (Rum: 7) (Eslatma: ushbu risoladagi oyoti karimalarni oʻzbekchaga oʻgirishda Alouddin Mansurning Qur'on Karimning izohli tarjimasidan ba'zi yerlarda foydalanildi. Choʻlpon nashriyoti, Toshkent shahri, 1992 yil). «Sizlar Ollohni unutib. Olloh ham ularni unutgan kimsalardan biri boʻlmangiz! Oʻshalar fosiqdirlar» (Hashr: 19). Ibn Qoyyim rahimahullohning «Hodil-Arvoh» kitobining muqaddimasidan iktibos qilindi. Odamlarning koʻplari ushbu holatga tushib qolganlari uchun: «Men ham shulardan biri boʻlib qolmadimmi?» deya, qoʻrqib ketdim va darhol shu holatlardan qutulish yoʻllarini izladim. Shoyad bu yoʻllar nafsimning oqibatlari uchun eslatma boʻlib, qoʻrqmagan qalblarni muloyim qilsa va qurigan koʻzlardan yoshlarni Ollohdan qoʻrqib oqitsa... Ollohnng Kitobi, rasululloh sollollohu alayhi va sallamning sunnatlari, oʻtmishda yashab oʻtgan halqlarning tarihi va hukamolarning hikmatlarini chuqur oʻrgandim va hayratomuz ibrat va ajoyib nasihatlarni koʻrdim. Men ularni oʻzimga eslatma, hayotim va oʻlimimdan soʻng, oxiratning ba'zi lahzalarida va oʻlim asnosida, solih amal boʻlishini umid qilib, qoʻlimga qalam olishni niyat qildim va Ummat ulamolarining kitoblari ichidan mavzuga munosib satrlarni toʻpladim. Shoyad Olloh ta'olo buni oʻqigan bandalarga manfaatlar ato etsa... Qoʻlingizdagi risola - toʻplagan hosilimdir. Men unda ruhini olish uchun farishtalar osmondan tushganidan, to jannat yoki jahannamga kirguniga qadar duch kelishi mumkin boʻlgan kofir, osiy moʻ'min va taqvodorlarning holatlarini yoritib berishga harakat qilaman. Ma'lum boʻlsinki, men bu holatlarni batafsil yoritib berishni qasd qilmadim. Chunki, bu ish men kabi insonga, hususan mazkur risolada oson emasdir. Mening bu kitobchada qalamga olganlarim, olmaganlarimdan ogohlantirishdir. Iqtiboslarimga, Ollohning izni bilan, ba'zi foyda va ilovalarni qoʻshdim. Ey oʻquvchi, oʻlja sizniki boʻlsin Yomoni mengayu, yaxshisi sizga boʻlsin! Bu – mening fikrlarim va harakatlarim oʻz yerini topsa - yaxshilikni qabul qilish yoki e'tiborsiz qoʻymaslik kerakligini unutmang! Agar buning aksi boʻlsa, Ollohga sigʻinaman va U yordam berguvchidir. Agar biron bir toʻgʻrilik boʻlsa, u – Olloh ta'olodan, xato boʻlsa u – mendan va Shaytondan boʻlib, Olloh va rasuli sollollohu alayhi va sallam u xatodan pokdir. Olloh ta'olodan ushbu risolani yuzi uchun xolis, muallifi, oʻquvchisi, qotibi (va nashr qilishga yordamchisi)ni jannat ne'matlari bilan mukofotlashi; bu risolani Ollohning zarariga emas foydasiga xujjat qilishi va yetib borgan yeriga qadar foydali qilishini soʻrayman. U – umid qilinganlarning eng yaxshisidir. U - biz uchun kifoya va qanday yaxshi vakildir.

Kalitli so'zlar ko'rsatilmagan...
Izohlarni faqatgina ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar qoldira olishadi.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Savol-javob

Savol bering

Sizni qiziqtirayotgan diniy savol bo'lsa, marhamat bizdan so'rashingiz mumkin. Savolingizga qo'ldan kelgancha tez va aniq javob berishga harakat qilamiz.

Savol berish
Taqvim
«  Oktabr 2017  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Statistika

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0