Jannat kaliti bo‘lgan kalima

29.10.2017 Hadislar 694 0 0.0

Birinchi hadis

Jannat kaliti bo‘lgan kalima

عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم:
مَنْ شَهِدَ أَنْ لا إِلَهَ إِلا اللهُ، وَأَنَّ مُحَمَّدًا رَسُولُ للهِ
 مُخْلِصًا مِنْ قَلْبِهِ، دَخَلَ الْجَنَّةَ. رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ والْبَيْهَقِيُّ.


Muoz ibn Jabal raziyallohu anhudan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar:

“Kimki “Allohdan boshqa hech bir xudo yo‘q, Muhammad - Allohning elchisi!” - deb chin qalbdan guvohlik bersa, jannatga kiradi“. (Tabaroniy va Bayhaqiy rivoyatlari).

* * *

Aziz birodarlar! Bu hadis bizga uchta narsa haqida xabar bermoqda:

1. Haqiqiy Xudo faqat Alloh taolodir.

2. Muhammad alayhissalom Allohning bu olamga yuborgan elchisidirlar.

3. Alloh va Rasulullohga iymon keltirgan odam albatta jannatga kiradi.

* * *

Do'stlar, Xudo deb, nimaga aytiladi, bilasizlarmi? Xudo (yoki Iloh) deb odamlar ibodat qiladigan Zotga aytiladi.

Ibodat nima degani? Alloh yaxshi ko‘radigan ishni Alloh aytgandek qilib bajarishni ibodat, deb aytiladi. Duo, ruku’, sajda, namoz, qurbonlik, sadaqa, haj kabi ishlar ibodatga misoldir. Qadimda adashgan odamlar bilmasdan har xil narsalarga ibodat qilganlar. Ammo iymon keltirgan va ilm olgan odamlar esa yakka Allohga ibodat qilganlar. 

Biz yaxshi bilamizki, bu olam va undagi hamma narsani Alloh yaratgan. Bizni ham Alloh yaratgan. Demak, borliqning va odamlarning Xudosi yakka Allohdir. Allohdan boshqa hech bir xudo yo‘q. Undan boshqa hech narsaga ibodat qilib bo‘lmaydi. Ibodatni faqat Unga qilish lozim.

* * *

Alloh odamlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish va yaxshi ishlarni o‘rgatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Payg‘ambarni Rasululloh, deb aytiladi. Rasululloh Allohning elchisi degani bo‘ladi. Alloh yuborgan elchilarning eng oxirgisi Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi va sallamdirlar.

Muhammad sollallohu alayhi va sallam odamlar ichida eng aqlli kishi bo‘lganlar. Alloh O‘zining buyruqlarini odamlarga Muhammad alayhissalom orqali yuborgan. U zot insonlarga hamma yaxshiliklarni o‘rgatganlar. Halqni jamiki yomonlikdan qaytarganlar.

* * *

Alloh odamlarni O‘ziga va Muhammad sollallohu alayhi va sallamga iymon keltirishga buyurgan. Iymon keltirish ishonish degani.

Aqlli va yaxshi odam albatta Alloh va Rasulullohga iymon keltiradi. Iymon keltirgan odam chin qalbidan “La ilaha illalloh, Muhammadur Rasululloh”, deb aytadi. Kimki Alloh va Rasulullohga iymon keltirsa, u yakka Allohning O‘ziga ibodat qiladi. Rasulullohning buyruqlarini doimo bajarib yuradi. Bunday inson dunyoda baxt-saodat bilan umr kechiradi. Oxiratda albatta jannatga kiradi.

* * *

Xulosalar:

1. Ibodat qilinishga loyiq zot Allohdir. Allohdan boshqa hech qanday xudo yo‘q. Biz Allohga iymon keltiramiz va faqat Unga ibodat qilamiz.

2. Alloh bizga hamma yaxshiliklarni Muhammad alayhissalom orqali o‘rgatgan. Biz Rasulullohga iymon keltiramiz va itoat qilamiz.

3. Alloh va Rasulullohga iymon keltirgan odam albatta jannatga kiradi.
 

Kalitli so'zlar ko'rsatilmagan...
Izohlarni faqatgina ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar qoldira olishadi.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Bo'lim turlari
Savol-javob

Savol bering

Sizni qiziqtirayotgan diniy savol bo'lsa, marhamat bizdan so'rashingiz mumkin. Savolingizga qo'ldan kelgancha tez va aniq javob berishga harakat qilamiz.

Savol berish
Taqvim
«  Oktabr 2017  »
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Statistika

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0