Ota-onadan ham mehribon inson

27.11.2017 Hadislar 720 0 0.0

Ikkinchi hadis

Ota–onadan ham mehribon inson

عَنْ أَنَسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّم:
لا يُؤْمِنُ أََحَدُكُمْ حَتَّى أَكُونَ أَحَبَّ إِلَيْهِ مِنْ وَلَدِهِ وَوَالِدِهِ وَالنَّاسِ أَجْمَعِينَ.
رَوَاهُ النَّسَائِي.


Anas ibn Molikdan rivoyat. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Sizlarning hech biringiz to men unga bolasidan ham, otasidan ham, jamiki odamlardan ham sevimliroq bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘la olmaydi».  (Nasoiy rivoyatlari).

* * *

Dunyoda ota-onadan ham mehribon inson bo‘ladimi? Ha bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlar uchun ota-onadan ham ko‘ra mehribonroq bo‘lganlar.

Ota-onamiz bizni boqib katta qiladilar, tarbiyalaydilar. Zararli narsalardan himoya qiladilar. Bizga yaxshi narsalarni olib keladilar. Shuning uchun biz ota-onamizni juda yaxshi ko‘ramiz. Ammo yaxshiroq o‘ylab qarasak, Rasululloh bizga ota-onamizdan ham ko‘proq yaxshilik qilgan ekanlar. Qanday qilib? Mana eshiting.

* * *

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam odamlarga Islom dinini o‘rgatganlar. Ota-onalarga o‘z bolalariga yaxshilik qilishni buyurganlar. Ota-onamiz Rasulullohning so‘zlarini va Islom qoidalarini bilib olishgani uchun bizga doimo yaxshiliklar qilishayapti. Agar Rasululloh bo‘lmaganlarida ota-onamiz Islomni bilmagan bo‘lardilar. Bizga ham ko‘p yaxshilik qila olmas edilar. Ana ko‘rdingizmi? Yaxshiyam Rasululloh bo‘lgan ekanlar-a!? Shuning uchun biz eng avval Rasulullohni, keyin ota-onamizni yaxshi ko‘ramiz.

Rasululloh hamma odamlarni baxtli hayot yo‘liga boshlaganlar. Odamlar turmushini oson qiladigan ishlarni buyurganlar. Dunyodagi yomonliklardan saqlanish yo‘llarini o‘rgatganlar. Qiyomat kuni bo‘ladigan azoblardan qanday qutulish mumkinligini aytib berganlar. Bizni ham, ota-onamizni ham jannatga kirishimiz uchun juda ko‘p ishlarni qilib ketganlar.

Ota-onaga yaxshilik qilib, ularning duolarini olishni ham bizga Rasululloh o‘rgatganlar. Agar Payg‘ambarimiz bo‘lmaganlarida biz ota-onamizni va kattalarni qanday hurmat qilishni bila olmas edik.

* * *

Siz agar hayotga qarasangiz, bir narsani aniq ko‘rasiz: Rasulullohning so‘zlarini eshitmagan bolalar ota-onalarini yaxshi hurmat qila olmayaptilar. Rasulullohning hadislarini eshitmagan ota-onalar ham o‘z bolalariga ko‘p yaxshilik qila olmayaptilar. Bolalariga Islom dinini o‘rgatmayaptilar.

Alloh va Rasulullohning aytganlarini qilayotgan ota-onalar esa o‘z o‘g‘il-qizlariga Qur’on va hadislarni o‘rgatayaptilar. Bolalarining baxtli bo‘lishi uchun hamma ishlarni qilayaptilar. Shuning uchun biz Muhammad alayhissalomni ota-onamizdan ham ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘ramiz. Ota-onamiz ham avval payg‘ambarimizni, keyin bizni yaxshi ko‘rishadi.

Kimki bu dunyoda Rasulullohni qattiq yaxshi ko‘rib qolsa, baxtli insonga aylanadi. Vafot etgandan so‘ng albatta jannatga kiradi va u erda Rasululloh bilan birga bo‘ladi.

* * *

Xulosalar:

1. Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi va sallam sababli to‘g‘ri yo‘lni topadilar, yomon ishlardan saqlanadilar.
2. Muhammad sollallohu alayhi va sallam bolalarga hammadan ko‘ra ko‘proq mehribondirlar.
3. Har bitta bola Rasulullohni ota-onasidan ham ko‘proq yaxshi ko‘rishi kerak.

Kalitli so'zlar ko'rsatilmagan...
Izohlarni faqatgina ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar qoldira olishadi.
[ Ro'yxatdan o'tish | Kirish ]
Bo'lim turlari
Savol-javob

Savol bering

Sizni qiziqtirayotgan diniy savol bo'lsa, marhamat bizdan so'rashingiz mumkin. Savolingizga qo'ldan kelgancha tez va aniq javob berishga harakat qilamiz.

Savol berish
Taqvim
«  Noyabr 2017  »
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Statistika

Hozir saytda: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0